Tojikiston va Qirg‘izistonda hayit kuni ma’lum qilindi
Olam
−
18 aprel 2023
42733O‘zbekistonning qo‘shni ikki davlati Tojikiston va Qirg‘izistonda Ro‘za hayiti kuni shu yilning 21 aprel kuni etib belgilandi. Har ikki davlatda haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari fuqarolar dam oladi.
Qirg‘izistonda bosh muftiy Ramazon hayiti 21 aprel kuni bo‘lishi haqida ma’lumot bergan.
Tojikistonda esa Markaziy ulamolar kengashi raisi Saidmukarram Abduqodirzoda Ramazon hayitining sanasini e’lon qilgan. Shuningdek, Ulamolar kengashi qaroriga ko‘ra, Ramazon hayiti namozining vaqti mamlakat vaqti bilan 6:30 etib belgilangan.
“Imom-xatiblar aholining e’tiborini muhtojlarga moddiy yordam ko‘rsatishga qaratishi, bayram kunlarida isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik haqida aytishi va bu borada boshqalarga o‘rnak bo‘lishlari shart”, deyiladi Kengash xabarida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini munosib kutib olish, Islom dini tartib-qoidalari asosida hilolni kuzatish bo‘yicha ishchi guruh faoliyat yuritmoqda. Ushbu ishchi guruh kuzatish natijalarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashiga taqdim etadi. Ramazon hayitining birinchi kuni haqidagi ma’lumotlar Ulamolar Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tegishli xulosalar qabul qilinadi.
LiveBarchasi