Tojikiston o‘zbekistonlik talabalarning mamlakatga kirishiga ruxsat berdi

Jamiyat

image

Tojikiston hukumati mamlakatda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarning Sariosiyo bojxona chegara posti orqali kirishiga ruxsat berdi. Bu haqda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Bugun, 3 noyabr kuni Tojikiston Hukumati, kunlik 50 nafargacha hujjatlari taqdim etilgan talabalarning Sariosiyo bojxona chegara posti orqali kirishiga ruxsat berilishini ma’lum qildi. Hozircha boshqa chegara postlaridan qancha talabalar kirishiga ruxsat berilganligi bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas.

Bunda talabalar Tojikiston Respublikasiga kirish uchun fuqarolik pasporti nusxasi, talabalik guvohnomasi hamda so‘nggi 72 soatda koronavirus infeksiyasi aniqlanmaganligi to‘g‘risida test tahlili natijasini bojxona posti mas’ullariga topshirishlari talab qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston Respublikasida koronavirus pandemiyasi tarqarilishini oldini olish hamda mamlakatda prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi munosabati bilan mamlakatga kirishni cheklash tartibi joriy etilgan bo‘lib, mazkur cheklov bugungi kungacha davom etayotganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

talaba O'zbekiston-Tojikiston

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing