Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni tiklashi mumkin
Olam
−
07 Sentabr 2020
4062Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni qayta yo‘lga qo‘yishi mumkin. Hozirda mamlakat energiyaxoldingi “Barqi tochik” Afg‘onistonni elektr toki bilan ta’minlashni boshlagan. Bu haqda “Asia-plus” xabar berdi.
Tojik energoxoldingi Matbuot kotibi Nozir Yodgorining so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonga elektr yetkazib berish Nurek suv ombori to‘lgani va vaziyat yaxshilashgani sababli tiklangan.
“Ayni vaqtda Afg‘oniston sutkasiga 1,3 mln kilovatt soat tojik elektr energiyasini qabul qilyapti. Imkoniyatga qarab yetkazib berish hajmini orttirishga harakat qilamiz”, degan u.
“Barqi tochik” shuningdek,O‘zbekistonga ham elektr yetkazib berishni tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqa boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, Tojikiston joriy yilning iyul oyida elektr energiya eksportini to‘xtatgandi. Hukumat bu chorani Vahsh daryosida suv bosimi kamaygani ortidan Nurek suv omborida suv kamayib ketgani bilan izohlagandi.
3 sentyabr kuni esa Nurek suv ombori to‘lgani ma’lum qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Barqi tochik” joriy yilning olti oyida Afg‘onistonga 546,6 million kVt/soat elektr energiyasi, O‘zbekistonga esa 358,3 million kVt/soat elektr energiyasi eksport qilgan.
2019 yilda esa Tojikiston Afg‘onistonga 1 milliard 458,2 million kVt/soat (60,6 million dollar), O‘zbekistonga esa 1 milliard 425,1 million kVt/soat (28,5 million dollar) elektr energiyasini eksport qilingan.
LiveBarchasi