O‘zbekiston Turkmanistondan elektr energiyasi importi hajmini ko‘paytirdi
Jamiyat
−
27 iyul 2020
6746Avvalroq, O‘zbekistonda elektr energiyasiga talab oshganligi sababli ishlab chiqaish va iste’mol o‘rtasida nomutanosiblik natijasida avariyalar yuz berishinng oldini olish uchun elektr energiya yetkazib berishga cheklov kiritilayotgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekistonda elektr energiyasi ta’minotidagi kamchilikni to‘ldirish uchun Turkmanistondan elektr energiyasi importi hajmini oshirdi. Bu haqda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ xabar berdi.
Bugun, 27 iyul kuni soat 01:35 vaqti bilan Turkmanistondan elektr energiyasi import hajmi oshirildi. Hozircha 500 kVli Qorako‘l–Serdar havo tarmoqlari orqali O‘zbekistonga 80 MVt quvvat yetkazib berilmokda. Kun davomida yetkazib beriladigan quvvat hajmi 200 MVtgacha yetkazilishi rejalashtirilgan.
“O‘tgan haftaning shanba va yakshanba kunlari energetika tizimida iste’molni cheklash holatlari kuzatilmadi. Turkmanistondan elektr energiyasi importining boshlanishi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan asosiy elektr energiyasiga qo‘shimcha ravishda yangi haftaning ish kunlarida ham (odatda dam olish kunlariga nisbatan iste’mol darajasi keskin oshishi kuzatiladi) iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash imkonini beradi”, deyiladi “O‘zbekiston MET” xabarida.
LiveBarchasi