Tojikiston Tashqi ishlar vaziri ham Prezident Mirziyoyev qabuliga kirib chiqdi

Jamiyat

image

Bugun, 16 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy va Janubiy Osiyoning mintaqaviy bog‘liqligi bo‘yicha xalqaro konferensiya dasturi doirasida Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddinni qabul qildi.

Joriy yilning 11-12 iyun kunlari Tojikistonga amalga oshirilgan oliy darajadagi tarixiy tashrifning samarali natijalari yuqori baholandi, ular mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlab, aniq mazmun bilan boyitgani ta’kidlandi.

Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin davlat rahbari Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning birodarlik salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda qabul qilingan “yo‘l xaritasi” asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi ustuvor loyihalarni va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar – Afg‘onistondagi vaziyat hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitlariga tayyorgarlik ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar, Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi hamda Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bo‘lgan edi. Qabul marosimi davom etadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing