Tojikiston MTJga ham yangi bosh murabbiy tayinlandi
Sport
−
03 Oktabr 2025 3667 1 daqiqa
Tojikiston milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Bu haqda Tojikiston futbol federatsiyasi xabar berdi.
Bugun, 3 oktyabr kuni Tojikiston futbol federatsiyasi Tojikiston milliy terma jamoasining yangi murabbiylar shtabini tasdiqladi. Bosh murabbiy sifatida 58 yoshli serbiyalik mutaxassis Goran Stevanovich tayinlandi.
Turli yillarda Goran Stevanovich Gana terma jamoasini boshqargan. Klub bilan esa Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etgan, shuningdek, Serbiya U-21 terma jamoasini boshqargan. Bundan tashqari, Stevanovich 2006 yilgi Jahon chempionatida Serbiya terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi bo‘lgan.
Stevanovich murabbiylik faoliyati davomida Osiyoda ham ishlagan. Sobiq futbolchi Xitoyda “Sindao” klubini boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining terma jamoa murabbiyligi masalasi bo‘yicha Fabio Kannavaro bilan og‘zaki kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan edi.
Jahongir Inomjonov
Live
Barchasi