Tojikiston mamlakatda Xitoy harbiy baza qurayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi
Olam
−
09 avgust
3282Tojikistonning Tog‘li Badahshon muxtor viloyatida Xitoy ishtirokida xavfsizlik kuchlari bazasi qurilayotgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda kecha, 8 avgust kuni Tojikiston Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Abdurahmon Alamshozoda ma’lum qildi.
Harbiy baza qurilishi haqidagi xabarlar bir necha bor OAV da paydo bo‘lgan.
“Reuters” Tojikiston parlamenti vakiliga tayanib, 2021 yilda Dushanbe va Pekin Xitoyning ushbu mamlakatda Tog‘li Badahshondagi Afg‘oniston bilan chegarasida baza qurish bo‘yicha kelishuvga erishganini xabar qilgandi.
“Bloomberg” bergan xabarga ko‘ra, baza qurilishi Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligi tomonidan moliyalashtirilishi, so‘ngra u Tojikiston Ichki ishlar vazirligiga o‘tkazilishi kerak edi. O‘shanda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Markaziy Osiyoda hech qanday harbiy bazasi yo‘qligini ma’lum qilgandi.
2024 yil iyul oyida Britaniyaning “The Daily Telegraph” gazetasi ham Xitoyning Tojikistonda Afg‘oniston bilan chegarada harbiy baza qurishi haqida xabar bergan edi. Xitoy va Tojikiston Tashqi ishlar vazirliklari bu ma’lumotni rad etdi. Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi bu masala Dushanbe va Pekin munosabatlarining kun tartibida bo‘lmagani va yo‘qligini ma’lum qilgandi.
“Xitoyning qandaydir bazaga ega ekanligi haqidagi ma’lumotlarga kelsak, biz Tog‘li Badahshonda hech qanday baza yoki markaz qurmayapmiz”, dedi Abdurahmon Alamshozoda.
Zumrad Zaripova
LiveBarchasi