Tojikiston maktab va bog‘chalarida to‘satdan ta’til e’lon qilindi

Olam

image
Tojikiston rahbari fermerlarni ro‘za tutishni keyinga qoldirishga chaqirdi north_east

Tojikiston rahbari fermerlarni ro‘za tutishni keyinga qoldirishga chaqirdi

2020 yil 27 apreldan 10 maygacha Tojikiston Respublikasidagi maktab va bolalar bog‘chalarida dam olish kunlari deb e’lon qilindi. Bu haqda mamlakat Ta’lim boshqarmasi ma’lum qildi.

Boshqarmaning ta’kidlashicha, ushbu chora koronavirus infeksiyasining oldini olishga qaratilgan. Bayram kunlari maktablar va bolalar bog‘chalarining barcha binolari dezinfeksiya qilinadi.

Universitet talabalari va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida avvalgidek o‘quv mashg‘ulotlari davom etadi.

Ma’lumot uchun, Tojikistonda hali ham koronavirus infeksiyasi qayd etilmagan. Lekin, xalqaro jamoatchilik mamlakatdagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risidagi rasmiy ma’lumotlarga shubha bilan qarashadi va hukumat infeksiyani yashirishmoqda deb taxmin qilishyapti.

Eslatib o‘tamiz, yaqin kunlarda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari missiyasi Tojikistonga tashrif buyuradi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston

Baholaganlar

436

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing