Tojikiston Qirg‘izistonni chegarada mojaro chiqarishda aybladi
Olam
−
06 iyun 2022
4645Tojikiston qo‘shni Qirg‘izistonni yangi chegara mojarosini yuzaga keltirishga urinishda aybladi. Bu haqda Tojikiston TIV xabarida aytilgan.
“Juma kuni qirg‘iz harbiylari qasddan va noqonuniy ravishda Vorux qishlog‘ida chegarani kesib o‘tdi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Tojikiston tomoni bayonotiga ko‘ra, tojik chegarachilari ulardan ketishni talab qilganda, qirg‘iz chegarachilar bundan bosh tortib, o‘t ochgan. Keyin javob qaytarilgan, yakunda har ikki tomon o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olgan.
Tojikiston Qirg‘iziston chegara hududlariga muntazam qo‘shin kiritmaslik haqidagi kelishuvni buzganini aytmoqda.
“Bu chegaradagi vaziyatning keskinlashishiga olib keladigan nomaqbul qadamdir”, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, 3 iyun kuni qirg‘iz-tojik chegarasida otishma yuz bergandi. Qirg‘iz tomoni tojik harbiylari shartli chegarani kesib o‘tganini aytgandi.
LiveBarchasi