Qirg‘iziston chegaradagi otishma qurbonlari uchun motam tutmoqda

Olam

image

Bugun, 19 sentyabr kuni Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegaradagi to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan ular uchun motam tutmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab Milliy motam kunida, shuningdek, xorijdagi diplomatik va konsullik muassasalari binolarida Qirg‘iziston davlat bayroqlari yarim tushirilgan. Madaniyat muassasalari hamda teleradiokompaniyalarga milliy motam kunida ko‘ngilochar tadbirlar va ko‘rsatuvlarni bekor qilish tavsiya etilgan.

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, qurolli to‘qnashuvlar natijasida 59 kishi halok bo‘lgan, 163 kishi yaralangan. Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, mojaro hududidan 136 mingdan ortiq fuqaro evakuatsiya qilingan.

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarachilari o‘rtasida janglar 14 sentyabr kuni boshlandi va ikki davlat o‘rtasidagi umumiy chegaraning butun perimetri bo‘ylab olib borildi. 16 sentyabr kuni Tojikiston va Qirg‘iziston rahbarlari Imomali Rahmon va Sadir Japarov Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida o‘t ochishni to‘xtatish va mojaroni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish bo‘yicha kelishib oldi. Biroq, o‘sha kuni kechqurun harbiy harakatlar yana boshlandi va 17 sentyabr kuni umumiy chegaraning alohida uchastkalarida davom etdi.

Umumiy hisobda Bishkek va Dushanbe uch marta o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi. Ammo sulhlar uzoq yashamadi. Hozirda chegarada otishmalar to‘xtagan, biroq vaziyat tarang deb baholanyapti.


Maqola muallifi

Teglar

qirg'iz-tojik chegarasi

Baholaganlar

112

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing