Tojikiston Qirg‘izistonni o‘ziga qarshi axborot urushida aybladi

Olam

image

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Qirg‘iziston tomonini “tajovuzkor” obrazini yaratish maqsadida Dushanbega qarshi axborot kampaniyasini davom ettirayotganlikda aybladi. Bu haqda vazirlik bayonotida so‘z boradi.

“So‘nggi kunlarda qirg‘iz tomoni o‘z qo‘shnisi yuzida “tajovuzkor” qiyofasini yaratish maqsadida ochiq yolg‘on va ig‘volardan chetga chiqmay, Tojikistonga qarshi axborot kampaniyasini davom ettirmoqda va shu orqali chegara hududida keskinlikni kuchaytirmoqda. 17 sentyabr kuni Qirg‘iziston Prezidenti xalqqa murojaatida Tojikistonga nisbatan “dushman” so‘zini ishlatgan”, deyiladi Tojikiston TIV bayonotida.

Departamentning qayd etishicha, mojaro paytida kamida 30 nafar tinch aholi halok bo‘lgan.

Vazirlikning bildirishicha, o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralarga qaramay, Qirg‘iziston “asosan, Isfara va Bobojon G‘ofurov tumanlaridagi fuqarolik nishonlariga, jumladan maktablar, masjidlar va turar-joy binolariga zarba berishda davom etgan”. Xuddi shunday bayonotlar Qirg‘iziston tomonidan ham e’lon qilinmoqda.

Tojikiston o‘z navbatida Qirg‘iziston jangovar vertolyotlar va hujumchi dronlardan foydalanayotganidan xavotirda. Ovchi-Kalachadagi maktab va masjidga uchuvchisiz uchoqlardan qilingan hujumlar natijasida 18 kishi halok bo‘lgan, yigirmadan ortiq kishi jarohatlangan.

Vazirlik, shuningdek, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov o‘sha kuni Qirg‘iziston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida Tojikistonga nisbatan “dushman” so‘zini qo‘llaganiga to‘xtalib, bu “do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ruhiga to‘g‘ri kelmasligi”dan afsusda ekanligini bildirdi.

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarachilari o‘rtasida janglar 14 sentyabr kuni boshlandi va ikki davlat o‘rtasidagi umumiy chegaraning butun perimetri bo‘ylab olib borildi. 16 sentyabr kuni Tojikiston va Qirg‘iziston rahbarlari Imomali Rahmon va Sadir Japarov Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida o‘t ochishni to‘xtatish va mojaroni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish bo‘yicha kelishib oldi. Biroq, o‘sha kuni kechqurun harbiy harakatlar yana boshlandi va 17 sentyabr kuni umumiy chegaraning alohida uchastkalarida davom etdi.

Umumiy hisobda Bishkek va Dushanbe uch marta o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi. Ammo sulhlar uzoq yashamadi.


Maqola muallifi

Teglar

qirg'iz-tojik chegarasi

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing