Tojikiston chegarasida maymunchechak sababli nazorat choralari kuchaytirildi

Olam

image

Tojikiston hukumati maymunchechak tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rmoqda. Bu haqda “Sputnik Tojikiston” xabar berdi.

Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Navro‘z Jafarovning ma’lum qilishicha, bu orqali infeksiyaning mamlakatga kirib kelishiga chek qo‘yilmoqda.

“Chegara o‘tkazish punktlarida nazoratni kuchaytirish, ayniqsa vizual tekshiruvlar bo‘lishi kerakligi ko‘rsatilgan. Odatda, bu kasallikka chalinganlarga tez tashxis qo‘yiladi va ular sayohat qilmaydi. Kasallik faqat teriga tegish orqali yuqadi, boshqa infeksiyalardan farqli o‘laroq, maymunchechak havo orqali tarqalmaydi”, deydi u.

Jafarovga ko‘ra, maymunchechakning Tojikistonga kirib kelish ehtimoli juda past. Shunga qaramay, mamlakat aholisi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Afrikaning 17 davlatida maymunchechak bilan kasallanish holatlari aniqlangan va kasallik oqibatida 1,4 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Qozog‘iston chegarasida maymunchechak sababli nazorat choralari kuchaytirilgani xabar qilingan edi.

O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Rustamjon Ikramov  ham kecha, 19 avgust kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda kasallikning chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida xalqaro aeroportlarda, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari orqali chegara kesishgan joylarda sanitariya nazorati punktlari mutaxassislarining hushyorligi oshirilganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston maymunchechak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made