Qurbonlar 5 nafar bo‘lganini Tojikiston nega yashirdi?

Olam

image

Tojikiston rasmiylari 6 noyabr kuni “Sultonobod” chegara otryadi harbiy qismiga qarashli 4-“Ishkobod” chegara punktida sodir bo‘lgan voqeada harbiylardan 2 kishi emas, aslida 5 kishi qurbon bo‘lganini yashirgan. Rasmiy Dushanbe terrorchilar bilan qurolli to‘qnashuvda 20 nafar jangaridan 15 nafari yo‘q qilingani, 5 nafari yo‘lga olingani va bu vaqtda Tojikiston IIV xodimi va bir askar ham halok bo‘lganini aytgandi. Ammo Tojikiston qurbonlari 5 kishi bo‘lgan. 

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi dastlab ikki nafar xodim – Izzatullo Abubakr va Bahrom Shahzoda vafot etganini ma’lum qilgandi. Aslida esa yana uch kishi Dilovar Tolibov, Xofizjon Xusaynov, G‘anijon Davlat ham qurolli to‘qnashuv qurboni bo‘lgan. 

Kapitan Dilovar Tolibovni so‘nggi manzilga kuzatish marosimi Konibodomda, oddiy askar Xofizjon Xusaynovning dafn marosimi esa  Panjikentda bo‘lib o‘tgan. Unda So‘g‘d viloyati xokimi o‘rinbosarlari, shahar merlari, chegara xizmati rahbarlari ishtirok etgani ma’lum.

Konibodom shahri meri o‘rinbosari Asror Gufonzoda Sputnik Tojikiston bilan suhbatda Dilovar Tolibovning dafn marosimi 7 noyabr kuni soat 10:00 da bo‘lganini ma’lum qilgan. Unda Konibodom rahbari Zafarbek Davlatzoda va So‘g‘d viloyati raisi o‘rinbosari Rustam Karimzoda ishtirok etgan. 

“Dilovar Tolibov Konibodom shahridagi Kazokon qabristonida dafn etildi”, deydi Gufonzoda.

Kapitan Dilovar Tolibov 29 yoshda bo‘lgan. 2014 yil harbiy bilim yurtini bitirgandan so‘ng chegara qo‘shinlariga xizmatini davom etish uchun yuborilgan. 

Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, mazkur hodisa bilan bog‘liq xabarlar na Tojikiston Respublikasi huquq-tartibot organlarining rasmiy saytida, na Prezident saytida e’lon qilindi.  


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston

Baholaganlar

559

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing