Tojikiston chegarachilari qirg‘iz fuqarolariga qarata o‘q uzdi

Olam

image

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari o‘rtasidagi otishma tojik harbiylari tomonidan qo‘zg‘atilgan, ular kutilmaganda qirg‘izistonlik chegarachilar va fuqarolarga qarata o‘t ochgan. Bu haqda Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati (GRS) ning PR va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

“Hozirda Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida ushbu hududdagi vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida Qirgʼizistonning Botken yo‘nalishidagi chegara vakillari bilan Tojikistonning Isfara yo‘nalishidagi chegara vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda", deyiladi bayonotda.

Chegara xizmatining xabar berishicha, otishma paytida Qirg‘iziston Davlat chegara xizmatining uch nafar harbiy xizmatchisi turli darajadagi jarohatlar olgan va ular zarur tibbiy yordamni olmoqdalar.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Qirg'iziston

Baholaganlar

591

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing