Tojikiston Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi
O‘zbekiston
−
30 Aprel 2021 6815 1 daqiqa
Joriy yilning 14 may kuni Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda Toshkentga keladi. Bu haqda “Asia-plus” hukumatdagi manbasiga tayanib xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, 14-15 may kunlari Toshkentda O‘zbekiston va Tojikistonning savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Qo‘shma komissiyaga O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda hamraislik qiladi.
Yig‘ilishda iqtisodiy, savdo, investitsiya, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport sohasida hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qilinadi.
Hukumat rahbarlari shuningdek, ikki davlat tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish imkoniyatlarini ham ko‘rishadi.
Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr
Qora dengizda dron kemaga hujum qildi
15 Noyabr