Tojikiston 35 davlat fuqarolari uchun “eshik”larini yopdi

Olam

image
Koronavirus xavfi: Abxaziya o‘zbekistonliklar uchun “eshiklari”ni yopdi north_east

Koronavirus xavfi: Abxaziya o‘zbekistonliklar uchun “eshiklari”ni yopdi

Tojikiston Respublikasi dunyoda COVID-19 koronavirusi tobora keng tarqalayotgan bir vaqtda 35 ta davlat fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqladi. Bu haqda AP xabar berdi.

Tojikiston fuqarolik aviatsiyasi agentligi mahalliy va xorijiy aviakompaniyalarga o‘z samolyotlari bortiga 35 ta davlat fuqarolarini olmaslik haqida telegramma jo‘natdi. Shunday telegramma turistik kompaniyalarga ham yo‘llangan. 

Bu ogohlantirish koronavirus tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va mamlakat fuqarolari salomatligi hamda xavfsizligini ta’minlash bilan asoslangan.

Quyidagi davlatlar fuqarolari Tojikistonga kirishi taqiqlandi: Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Vetnam, Singapur, Avstraliya, Malayziya, Kamboja, Filippin, Tailand, Nepal, Shri-Lanka, Hindiston, Finlyandiya, Italiya, Britaniya, Ispaniya, Shvetsiya, Belgiya, Isroil, Avstriya, Xorvatiya, Shveysariya, AQSH, Kanada, BAA, Misr, Eron, Livan, Kuvayt, Bahrayn, Ummon, Afg‘oniston, Iroq va Jazoir.

Fuqarolik aviatsiyasi agentligi bu davlatlarning Tojikistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki tranzit reys bilan kelmoqchi bo‘lgan fuqarolariga aviachiptalar sotishni to‘xtatishga chaqirgan. 

“Bu davlatlar fuqarolariga aviachipta sotilib, ular Tojikistondagi aeroportlarga kelsa, ular shu reyslarning o‘zi bilan ortga qaytarib yuboriladi”, deyilgan xabarda.

Shuningdek, Tojikistonning shu davlatlardan kelgan fuqarolari karantinga olinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston virus

Baholaganlar

200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing