Tojik-qirg‘iz mojarosi: tomonlar chegara masalasida kelishuvga erishdi
Jamiyat
−
02 may 2021
7437Rasmiy Bishkek va Dushanbe chegaraning umumiy qismini tavsiflash jarayonini faollashtirishga kelishib oldi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Matbuot xizmatiga tayanib, TASS xabar berdi.
“Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasi loyiha liniyasining davlat chegaras qolgan qismlarida o‘tishini yanada tavsiflashni kuchaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, deyiladi xabarda.
Matbuot xizmatining xabar berishicha, ikki mamlakat hukumat delegatsiyalari a’zolarining chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha uchrashuvi Qirg‘izistonning Botken viloyatida bo‘lib o‘tgan. Muzokaralarda qirg‘iz tomonini Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (QQMK) rahbari Qamchibek Toshiyev boshqargan. Tojik tomonini esa Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Sayimumin Yatimov.
“Uchrashuv chog‘ida qirg‘iz-tojik davlat chegarasidagi vaziyatni tartibga solishga qaratilgan keyingi harakatlar to‘g‘risida atroflicha fikr almashildi. Qirg‘iziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi delegatsiyalari rahbarlari qirg‘iz-tojik davlat chegarasidagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish zarurligi to‘g‘risida to‘liq o‘zaro tushunishni bildirdilar”, deya qayd etadi Matbuot xizmati.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonnoma imzolandi, uning mazmuni e’lon qilinmadi.
Qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro
Joriy yilning 28 aprel kuni Tojikiston tomoni “Golovnaya” suv taqsimlash punkti yonidagi elektr ustuniga videokameralar o‘rnatishni boshlagan. Bundan norozi bo‘lgan qirg‘izlar kameralarni olib tashlashni so‘ragan. Shu bilan 28 aprel kuni ikki tomon o‘rtasida dastlab, og‘zaki haqorat va aytishuvlar so‘ngra, bir-biriga tosh otish boshlangan.
Keyinchalik mojaroga ikki tomon chegara qo‘shinlarining aralashuvi oqibatida toshbo‘ron otishmaga aylanib ketdi. Vaziyatning keskinlashishi ortidan ikki mamlakat chegara tomon qo‘shimcha harbiy bo‘linmalar yubordi.
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 29 aprel kuni Qirg‘iziston hukumati a’zolari bilan Botken viloyatidagi davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismidagi vaziyat bo‘yicha tezkor yig‘ilish o‘tkazdi. Bishkekda esa botkenliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyish boshlandi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston ikki qo‘shni respublika chegarasidagi mojaroga munosabat bildirib, tomonlarni to‘qnashuvlarni darhol tugatish, vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha qo‘shma choralarni ko‘rish va ziddiyatlarning yanada oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqirdi.
29 aprel kunining birinchi qismida boshlangan ikki o‘rtadagi otishma tomonlarning sa’y-harakatlari bilan kunning oxirida to‘xtatildi.
Biroq, 29 aprel kuni tuzilgan o‘q uzishni to‘xtatish to‘g‘risidagi sulh uzoqqa bormadi. Ertasi kuni, ya’ni 30 aprelda yana harbiy harakatlar boshlangani haqida xabarlar paydo bo‘la boshladi.
Shu kunning o‘zida Japarov va Rahmon telefon orqali suhbatda may oyining ikkinchi yarmida Dushanbeda yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazishga kelishib olgan edi.
1 may kuni ikki davlat Milliy xavfsizlik qo‘mitalari rahbarlari chegara hududida uchrashib, o‘t ochishni butunlay to‘xtatishga kelishib oldi.
Shuningdek, Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi Tojikiston bilan chegaradagi mojaro tojik tomoni suv inshooti oldida kuzatuv kameralarini o‘rnatishni boshlashi ortidan boshlanganini ma’lum qildi.
2 may kuni Qirg‘iziston va Tojikiston harbiylar va harbiy texnikani chegaradagi qurolli to‘qnashuv zonasidan olib chiqishni boshladi.
LiveBarchasi