Tojik-qirg‘iz mojarosi: chegarada yana otishma boshlandi

Olam

0:00
0:00
download

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida yana qurolli to‘qnashuvlar boshlandi. Bu safar Botken viloyati, Laylak tumani Yangi-yer ovul okrugidagi Arka qishlog‘ida otishma bo‘layotgani aytilmoqda.

OAV xabariga ko‘ra, otishma bir soatdirki tinmayapti. Botken viloyati IIB yaralanganlar orasida militsiya xodimlari ham borligini ma’lum qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Tojikiston fuqarolari Laylak tumanini egallab olgani haqida xabarlar tarqalgan. Biroq viloyat IIB bu ma’lumotni tasdiqlamagan, ammo rad ham etmagan.

“Qishloq yaqinidagi aholi qaytib tog‘larga qochyapti. Granatamyot yoki minomyotdan otishmoqda. Bizning qishloq kechadan beri tojik tomoni nazoratida”, degan mahalliy aholi vakili.

Otishma bo‘layotganini qo‘shni qishloqdagilar, mahalliy kengash deputatlari ham tasdiqlagan. Ammo otishma qayerdan bo‘layotganini aniqlashning imkoni bo‘lmayapti.

Qayd etilishicha, kecha Qirg‘iziston va Tojikiston rasmiylari o‘t ochishni to‘xtatishga kelishganiga qaramay, Eski Oochu, Maksat va Arka qishloqlarida otishma davom etgan. Mahalliy aholi bir qancha uy va AYOQSHlar hamda Qirg‘izistonning chegara nazorat punkti yoqib yuborilganini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Qirg'iziston-Tojikiston otishma

Baholaganlar

993

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made