Toyota Rossiyada avtomobil ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Texnologiya
−
23 Sentabr 2022
6426Bugun, 23 sentyabr kuni Toyota korporatsiyasi Sankt-Peterburgdagi zavodida avtomobil ishlab chiqarishni to‘xtatganini rasman e’lon qildi. Shu bilan birga, kompaniya rossiyalik xodimlarini qayta ishga joylashtirish, qayta tayyorlashda yordam berishga va’da berdi va ularga moliyaviy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, Toyota so‘nggi olti oy davomida voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib borgan va agar vaziyat bunga yordam bersa, Sankt-Peterburgdagi korxona faoliyatini qayta tiklashga tayyor.
“Ammo, olti oydan keyin biz normal faoliyatimizni tiklay olmadik va kelajakda buni amalga oshirishimiz mumkin bo‘lgan belgilarni ko‘rmadik”, deyiladi Toyota bayonotida.
Qayd etilishicha, Rossiyada Toyota avtomobillarini ishlab chiqarishni to‘xtatish qarori kompaniya rahbariyati uchun oson bo‘lmagan.
Toyota shuningdek, chakana savdo tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash va Rossiyaning Toyota va Lexus mijozlariga xizmat ko‘rsatish uchun Moskvadagi ofisini tartibga solish va qayta qurish zarurligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, mart oyida Toyota butlovchi qismlar yetkazib berishdagi uzilishlar tufayli Sankt-Peterburgdagi zavod ishini to‘xtatdi. Sankt-Peterburgdagi Toyota Motor zavodi 2007 yilda ochilgan.
LiveBarchasi