Toyloq tumani prokurori koronavirusdan vafot etdi
Jamiyat
−
01 avgust 2020 18027 1 daqiqa
Samarqand viloyati, Toyloq tumani prokurori, adliya maslahatchisi Abduxoliqov Farhod Musinovich koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
"Bosh prokuratura rahbariyati va jamoasi Samarqand viloyati, Toyloq tumani prokurori, adliya maslahatchisi Abduxolikov Farxod Musinovichning vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi", deya hamdardlik bildirgan.
Farhod Abduholiqov 1962 yilda tug‘ilgan. U bir hafta oldin koronavirusga chalingan va bugun, 1 avgust kuni vafot etgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bu haqda hozircha ma’lumot bermadi. Rasmiy e’lon qilingan o‘lim holatlari 145 taga yetdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025