“Tottenxem” “Siti”ni tomoshabinga aylantirdi

Sport

image

Kecha Yevropa Chempionlar ligasining chorak final so‘nggi javob uchrashuvlari o‘tkazildi.

Markaziy bahsga Manchester shahri mezbonlik qildi. “Manchester Siti” – “Tottenxem” uchrashuvi juda keskin va tezkorlik bilan boshlandi. Dastlabki 11 daqiqa ichida muxlislar  4 ta gol guvohiga aylanishdi.

O‘yinning chinakam qahramonlari londonliklar bo‘lishdi. Garchi, 4:3 hisobida mag‘lub bo‘lishgan bo‘lsalarda, safardagi gol evaziga yarim finalga yo‘l olishdi.

“Manchester Siti” – “Tottenxem” 4:3 (3:2, 1:1).

Manchester shahri, “Etihad” stadioni.

Gollar: 1:0 – 4 Sterling, 1:1 – 7 Son Xyon Min, 1:2 – 10 Son Xyon Min, 2:2 – 11 Bernardu Silva, 3:2 – 21 Sterling, 4:2 – 59 Aguero, 4:3 – 73 Lorente.
 
“Manchester Siti”: Ederson, Kompani, Mendi (Sane, 84), Uoker, Laport, Silva (Fernandino, 63), Gyundogan, Bernardu Silva, de Bryuyne, Sterling, Aguero.

“Tottenxem”: Loris, Alderveyreld, Rouz (Sanches, 90), Tripper, Vertongen, Eriksen, Vanyama, Lukas Moura (Devis, 82), Sissoko (Lorente, 41), Alli, Son Xyon Min.

Ogohlantirishlar: Sissoko (41), Son Xyon Min (48), Rouz (54), Vanyama (77).

Birinchi o‘yin: 0:1.


Maqola muallifi

Teglar

Tottenxem Manchester Siti EChL

Baholaganlar

13

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing