“Tottenxem” Keynni jamoaga qaytarishi mumkin

Sport

image

Angliyaning “Tottenxem” klubi “Bavariya”ga sotgan futbolchisi Harri Keynni o‘z safiga qayta qo‘shib olish imkoniyatiga ega. Bu haqda London klubi direktorlar kengashi raisi Deniel Levi aytib o‘tdi.

Angliyalik hujumchi yozda “Bavariya”ga 100+10 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. “Tottenxem” kelishuvga futbolchini qaytarib sotib olish variantini ham kiritgan. 

Bundesliganing joriy mavsumida Keyn 4 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan va 1 ta golga hammualliflik qilgan. “Transfermarkt”ga ko‘ra Keynning narxi 90 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tottenxem Bavariya Harri Keyn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing