“Tottenxem”ning 6 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi
Sport
−
07 dekabr 2021
2541“Tottenxem” futbolchilarida koronavirus aniqlandi. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jamoaning olti nafar futbolchisi, shuningdek, murabbiylar shtabining ikki nafar a’zosining topshirgan PZR testi musbat natija bergan. Ular izolyatsiyaga yuborilgan va bu jarayon o‘n kun davom etadi. Futbolchilarning ismlari oshkor qilinmagan.
Shu tariqa, “taqachilar”ning virus aniqlangan vakillari UEFA Konferensiyalar ligasida “Renn”, Angliya premer ligasida esa “Brayton” va “Lester”ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Tottenxem” – “Renn” uchrashuvi bekor qilinmaydi. UEFA qoidalariga ko‘ra, tarkibida darvozabon umuman bo‘lmasa yoki futbolchilar soni 13 nafardan kamroq bo‘lsagina, o‘yin boshqa muddatga ko‘chirilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Portugaliya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan “Belenensesh” – “Benfika” uchrashuvida koronavirus tarqalishi sababli mezbonlar safida bor-yo‘g‘i to‘qqiz nafar futbolchi maydonga tushgan edi.