ToshPTIning Nukus filialida ikki davlat bilan hamkorlikda yangi fakultet ochiladi

Jamiyat

image

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filialida Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi) va Koryo universiteti (Koreya Respublikasi) ishtirokida tashkil etilayotgan fakultet 2019-2020 o‘quv yilidan o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.

Fakultetning alohida vazifalari orasida – Orolbo‘yi mintaqasidagi kasalliklarning barvaqt profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va atrof muhitning inson salomatligiga ta’sirini o‘rganish sohasida yuqori texnologiyalarga asoslangan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish.

O‘qitish to‘lov-kontrakt asosida rus va ingliz tillarida, kunduzgi ta’lim shaklida Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti va Koryo universiteti o‘quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi. O‘qishga qabul qilish tartibi va kvotasi, magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklari, kontrakt va professor-o‘qituvchilar mehnatiga haq to‘lash miqdorlari xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari va O‘zbekistonning manfaatdor idoralari bilan kelishuv asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

Bitiruvchilarga O‘zbekistonda hamda Sankt-Peterburg DPTU va Koryo universitetida tan olinadigan diplom beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Nukus ToshPTI

Baholaganlar

14

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing