“ToshMI”ga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi 

3-sahifa

image

Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Unga ko‘ra, departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Aniqlanishicha, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan N.M. fuqarolar X.A., D.J. va G‘.J.ning ishonchiga kirib, ularning farzandlarini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga jami 8 ming dollar va 43,5 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sh.S. ismli shaxs fuqaro M.I.ni tanishlari yordamida Toshkent shahridagi “Renessans” nomli xususiy oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa M.E. ismli shaxs fuqaro N.N.ga Rossiya yoki Tojikiston davlatlaridagi oliy o‘quv yurtida o‘qigani haqida hujjatlar rasmiylashtirib berish orqali Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga 8 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi departamentning xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo firibgarlik Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing