To‘kilganning o‘rni to‘ldi. Toshloqqa yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Abduqahhor Abduvohidovich Jo‘raboyev Toshloq tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

2018 yilning mart oyidan beri tuman hokimi vazifasini bajargan Shuhrat Tolibovich Abdusalomov esa vazifasidan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, Abduqahhor Jo‘raboyev viloyatdagi “Expo Kollor Prin Teks” paxta-to‘qimachilik klasteri rahbari hamdir.

Eslatib o‘tamiz, Toshloq tumani hokimi Shuhrat Abdusalomov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farg‘onaga amaliy tashrifi davomida, davlat rahbarining ko‘rsatmasi bilan lavozimidan ozod qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

hokim Toshloq tumani

Baholaganlar

421

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing