Toshkentning yana bir tumanidagi yo‘llar yopiladi
Jamiyat
−
24 dekabr 1509 1 daqiqa
Ertaga, 25 dekabr kunidan boshlab Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi Chirchiqbo‘yi ko‘chasining ma’lum qismida “Coca-Cola Garden” bog‘ida o‘tkaziladigan bayram tadbirlari hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Shu munosabat bilan mazkur yo‘nalishdan harakatlanuvchi haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini so‘raymiz va harakatni oldindan rejalashtirishni tavsiya etamiz. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz hamda tushunishingizga umid bildiramiz”, deyiladi hokimlik xabarida.
Tuman hokimligi yo‘l necha kunga yopilishi haqida ma’lumot taqdim etmagan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrining Sergeli tumanida ertaga, 25 dekabr kundan boshlab, tun-u kun faoliyat yuritadigan (24/7) gastronomik Turizm ko‘chasida “Yangi Yil” bayrami tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi