Toshkentning yana bir tumani aholisi sovuqda issiqlik ta’minotisiz qoldi

Jamiyat

image

Toshkentning Chilonzor tumanida avariya sabab, 110 ta uy issiqlik ta’minotidan uzilib qoldi. Bu haqda “Toshissiqquvvati” DUK bosh muhandisi Aziz Karimbekov ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.

Chilonzor tumani Zargarlik ko‘chasidagi magistral issiqlik tarmog‘ida yuz bergan avariya sabab quyidagi hududlarda joylashgan 110 ta uy ta’minotdan uzilgan:

•    Guliston massivi
•    Qizilsharq massivi
•    Algoritm massivi
•    18, 19 va 20-kvartallar

Qayd etilishicha, hozirda issiqlik ta’minotini tiklash uchun choralar ko‘rilyapti.

Avvalroq, Olmazor tumanida yuz bergan avariya sabab aholi zich joylashgan ko‘chalarda issiqlik ta’minoti to‘xtatib qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

issiqlik ta'minoti

Baholaganlar

126

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing