Toshkentning uchta tumanidagi bog‘chalar ham masofaviy tartibga o‘tkazilishi aytilmoqda
Jamiyat
−
16 mart 2021
6078Bugun, 16 martdan e’tiboran poytaxt Toshkentning uchta tumanidagi barcha maktablar onlayn rejimga o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha,Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishini oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabining yig‘ilishida poytaxtning Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Chilonzor tumanlaridagi barcha umuta’lim maktablarida 16 martdan boshlab o‘quv rejasida belgilangan ta’tilga qadar onlayn o‘qitish rejimiga o‘tish belgilab berilgan.
Ushbu tumanlarda faoliyat olib borayotgan nodavlat va xususiy ta’lim tashkilotlariga ham 16 martdan boshlab o‘quv rejasida belgilangan ta’tilga qadar onlayn o‘qitish rejimiga o‘tish tavsiya qilingan.
LiveBarchasi