Toshkentning uchta tumanida 5 kungacha issiq suv o‘chiriladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining uchta tumanida profilaktika ishlari sabab issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” xabar berdi.

Qayd etilishicha, issiqlik ta’minoti tizimini kelgusi isitish mavsumiga tayyorlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur va Yashnobod tumanlarida rejali profilaktika ishlari olib boriladi.

Jumladan, Mirzo Ulug‘bek tumanida 7-11 sentyabr kunlari “Uyg‘onish” MFY, TTZ-2 mavzesidagi 29, 30, 31, 32, 37, 38a, 38b, 44 va 12-sonli uylarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Shuningdek, 512- va 80-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham issiq suv bo‘lmaydi.

Shayxontohur tumanida 7-9 sentyabr kunlari “Samarqand darvoza” MFY, Uchtola ko‘chasidagi 1-sonli uyda issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi.

Yashnobod tumanida esa 7-9 sentyabr kunlari “Movarounnahr” MFY, Nukus ko‘chasi MKAD hududidagi 2, 2/1, 2/2, 4, 4/1, 6, 6/1, 6/2 va 8-sonli uylarda issiq suv vaqtincha o‘chiriladi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, ushbu ishlar issiqlik ta’minoti tizimini kelgusi isitish mavsumiga tayyorlash uchun zarur.

“Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ta’mirlash va texnik ishlar sabab Toshkent shahrining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing