Toshkentning to‘rt tomoniga sun’iy ko‘llar quriladi 

Jamiyat

image

Toshkent shahrining 4 ta qismida sun’iy ko‘l va havzalar quriladi. Bu haqda kecha, Prezident raisligida 16 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Toshkent shahri mutasaddilari va faollari ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, dunyoning yirik shaharlari kabi Toshkentda ham ekologiya masalasining dolzarbligi ortmoqda.

“Oxford economics” nashrining “Global shaharlar indeksi” reytingida Toshkent shahri dunyodagi 1 mingta shahar orasida 471-o‘rinni egallagan.

Mutasaddilarga ushbu reytingda poytaxtni ekologiyasi barqaror 300 ta shahar qatoriga olib chiqish bo‘yicha tinimsiz shug‘ullanish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Buning uchun uch oyda poytaxtning 4 ta qismida sun’iy ko‘l va havzalar qurish loyihalarini tayyorlab, ishlarni boshlash topshirildi. 1 iyungacha har bir tumanda 5 kilometrli 3 tadan soyali sayr ko‘chalari foydalanishga topshiriladi. Har 10 ta mahalla uchun 1 tadan yashil bog‘ barpo qilish bo‘yicha alohida dastur boshlanadi.

2026 yilda shaharda 18,5 kilometr kanal qirg‘oqlari mustahkamlanadi. Bu joylarda ham yashil hududlar va sayilgohlar tashkil qilishni hozirdan o‘ylash zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, Bektemir, Sergeli va Yangihayotdan o‘tgan Chirchiq daryosining 16 kilometr qismini mustahkamlash hisobiga qo‘shimcha 800 gektar ochiladi. Bu yerlarda ham 200 gektarda “yashil belbog‘”, 250 gektarda ichki yo‘llar, sayilgohlar, piyoda va veloyo‘laklar qurilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida yagona yo‘l harakatini tashkil etish markazi yaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ko'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing