Mirobod tumani hokimligini bajarib turish Salaydinovga yuklatildi
Jamiyat
−
15 iyun 2023
6321Toshkent shahrining Mirobod tumaniga Ashraf Salaydinov hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu bo‘yicha kecha, 14 iyun kuni poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov qaror imzoladi.
Unga ko‘ra, Mirobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Ashraf G‘oyibnazarovich Salaydinovga tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 iyun kuni Mirobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shuhrat Po‘latov Abdujabborovich “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali bosh direktori lavozimiga tayinlangandi.
LiveBarchasi