Mirobodda transformator yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 3 iyul kuni Mirobod tumani Banakotiy ko‘chasidagi transformator punktida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Mirobod tumani, Banakotiy ko‘chasi, 198-uy manzilida joylashgan 23-23-sonli transformator punktida yuqori kuchlanishli kabelda yuzaga kelgan qisqa tutashuv oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida quvvati 400/6 kV bo‘lgan transformator ishdan chiqqan.

Bildirilishicha, ayni vaqtda tuman elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan avariya-tiklash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, nosoz holatga kelgan transformator o‘rniga yangi transformator o‘rnatish va elektr ta’minotini to‘liq tiklash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Tuman hokimligiga ko‘ra, elektr energiyasi ta’minotini bugun kechki vaqtga qadar to‘liq tiklash rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Olmazor tumanidagi podstansiya ichida transformator yonib ketgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing