Toshkentning “Eski Juva” bozorida iste’molga yaroqsiz go‘sht sotilayotgani aniqlandi

Jamiyat

image

Toshkentning “Eski Juva” dehqon bozorida iste’molga yaroqsiz go‘sht va sut mahsulotlari sotilayotgani aniqlandi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Matbuot xizmati xabar berdi.

Bozorda o‘tkazilgan tadbirda iste’molga yaroqsiz 250 kg ot go‘shti, 60 dona tozalanmagan kalla, 50 dona mol tuyog‘i, 35 kg kalla go‘shti va 43 litr sut utilizatsiya qilingan.

Bozor hududida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tozalik bo‘yicha muovin R.Yusupovga, sut mahsulotlari rastasi noziri X.Oxunxo‘jayevga, go‘sht mahsulotlari rastasi noziri D.Dadabayevga ma’muriy bayonnoma tuzilgan.


Maqola muallifi

Teglar

go'sht

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made