Alisher Usmonov Toshkentning Eski shaharidagi loyihaga yordam beradi
Jamiyat
−
10 fevral 2022
9801Toshkentning eski shahar hududida art-rezidensiyalar yaratish rejalashtirilmoqda. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi shunday tashabbus bilan chiqdi. Loyiha Alisher Usmonovning “San’at, ilm va sport” xayriya jamg‘armasi yordamida amalga oshiriladi.
Ijodiy maskanni tashkil etish bo‘yicha poytaxtning Olmazor tumanida joylashgan ikkita ob’ekt tanlab olingan.
Birinchi ob’ekt Namuna mahallasida joylashgan va an’anaviy me’moriy ko‘rinishi saqlab qolingan “Matkarimboy” madrasasi. Ikkinchi ob’ekt esa eski bolalar bog‘chasi – Hastimom mahallasida joylashgan.
Ta’kidlanishicha, Toshkentdagi art-rezidensiyalar Zamonaviy san’at markazining ta’lim yo‘nalishi uchun platforma hamda mahalliy va xalqaro ijod vakillari o‘rtasida hamkorlik uchun xizmat qiladi.
Loyiha dizayn konsepsiyasi Marokashning “Studio KO” me’morchilik byurosi bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi.
Avvalroq, Toshkent mahallalari UNESCO Butunjahon madaniy merosining Dastlabki ro‘yxatiga kiritilgani haqida xabar bergan edik. Endilikda ro‘yxatga kiritilgan ushbu hududda hech qanday investitsiya qurilish loyihalarini amalga oshirishga ruxsat bo‘lmaydi.
LiveBarchasi