Toshkentning ehtiyojmand oilalariga 8 kun ichida 2,5 mlrd so‘mga yaqin oziq-ovqat mahsuloti yetkazildi
Jamiyat
−
10 aprel 2020
3076Koronavirusga qarshi kurash doirasida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida Xayriyalarni muvofiqlashtirish markazi tashkil etilgan edi. Aholini murojaatlari bilan tizimli ishlash va manzilli yordam ko‘rsatish maqsadida ochilgan “Call-markaz” ning 1197 qisqa raqami soat 9:00 – 17:00 oralig‘ida muntazam ishlamoqda.
Ma’lumotda keltirilishicha, 9 aprel holatiga ko‘ra, aholi tomonidan “Call-markaz”ga jami 14 908 ta murojaat kelib tushgan (1 kun – 787 ta, 2 kun – 1 190 ta, 3 kun – 2057 ta, 4 kun – 2047 ta, 5 kun – 2318 ta, 6 kun – 2170 ta, 7 kun – 2086 ta, 8 kun – 2253 ta). Ushbu murojaatlar elektron dastur orqali har bir tuman bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhlarga yuborilgan.
Ta’kidlanishicha, Toshkent shahar bo‘yicha manzilli ro‘yxat asosida aholi uchun zarur bo‘lgan birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari 30 ta yuk tashish uchun mo‘ljallangan avtomobil orqali jami 17 324 ta xonadonga yetkazilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yetkazilgan mahsulotlarning umumiy qiymati 2 milliard 425 million 360 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Ayni damda markazda doimiy tarzda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 100 dan ziyod volontyori (ko‘ngilli yoshlar) ixtiyoriy asosda faoliyat olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 582 nafarga yetdi. Bugungacha ularning 38 nafari davolandi va 3 nafari vafot этди.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi