Toshkentning ba’zi ko‘chalarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Jamiyat

−

image

Ertaga, 30 sentyabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlaridagi ba’zi ko‘chalarda suv ta’minotida uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Hokimlikning ta’kidlashicha, 2020-2021 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ tomonidan suv tarmoqlarida rejali profilaktika va ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgani sabab suv ta’minotida uzilish kuzatiladi.

“30 sentyabr soat 9:00dan 1 oktyabr 9:00 gacha poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi”, deyilgan xabarda.

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha: 

•    Yahyo G‘ulomov ko‘chasida;
•    O‘zbekiston ovozi ko‘chasida;
•    O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida.

Yashnobod tumani buyicha: 

•    Anjumanlar saroyida.

Suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing