Toshkentning ayrim hududlari aholisi vaqtinchalik gazsiz qoladi

Jamiyat

image

Bugun, 26 iyul kuni Chilonzor tumanining ayrim hududlarida vaqtinchalik gaz ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda "Hududgaz Poytaxt" gaz ta’minoti filiali Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, bugun, 26 iyul kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar Chilonzor tumani 3-Katta ko‘chasida hamda Mirzo Ulug‘bek tumani Sayram va Bo‘z ko‘chalarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Xabarga ko‘ra, gaz ta’minoti Chilonzor tumani 3- Katta Chilonzor mahallasidan o‘tgan yer usti gaz quvurini boshqa joyga ko‘chirish hamda Mirzo Ulug‘bek tumani Sayram va Bo‘z ko‘chalari kesishmasidagi yer osti gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib borish rejalashtirilgani sababli to‘xtatiladi


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Hududgaz

Baholaganlar

205

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing