Toshkentning 4 tumanida issiq suv o‘chirildi

Jamiyat

image

Bugun, 24 mart kuni Toshkent shahrining Shayxontohur, Olmazor, Chilonzor va Yunusobod tumanlarida issiq suv o‘chirildi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu kuni issiqlik tarmoqlarining maksimal haroratga chidamliligi sinovdan o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan soat 9:00 dan 18:00 gacha quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

Shayxontohur tumani

  • Navoiy, Beruniy, Islom Karimov, Samarqand Darvoza, Abay, Abdulla Qodiriy, Chorsu, Gulobod ko‘chalari;
  • Chorsu, Qoratosh mavzelari;
  • Markaz 10, 11, 13, 14 dahalari.

Olmazor tumani

  • Olmazor, Kichik halqa yo‘li, Mannon Uyg‘ur, Qoraqamish, Huvaydo ko‘chalari;
  • Olmazor mavzesi;
  • Qoraqamish 2/1, 2/2, Markaz-26, 27, 28 dahalari.

Chilonzor tumani

  • Bunyodkor, Paxtakor, Furqat, Beshyog‘och, Talabalar, Nurafshon, Ziyo, Shifonur ko‘chalari;
  • Beshyog‘och mavzesi;
  • B-1, B-2, B-3 dahalar.

Yunusobod tumani

  • Ahmad Donish, Shahriston, Yangi Yunusobod, Yunusota ko‘chalari, Juma masjidi;
  • 2−19, Yangi shahar, Dehqonobod, Sohibkor, Uch Qahramon, Moyqo‘rg‘on, Quloqtepa mavzelari.

Ogohlantirilishicha, maksimal haroratdagi sinovlar davomida quvur tizimlariga yukning qisqa muddatli oshishi, issiq suv yo‘llar va trotuarlarga chiqib ketishi mumkin.

“Haydovchilar, piyodalar, ma’muriy binolardan foydalanuvchilar va turarjoy binolari aholisidan ehtiyotkorlikka rioya etish so‘raladi. Barcha nosozliklar haqida quyidagi telefon raqamiga xabar berish mumkin: 78 129 01 85”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing