Toshkentning 4 ta tumanida aholi vaqtincha suvsiz qoladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 23 iyul kuni soat 09:00 dan 24 iyul soat 21:00 gacha Sergeli tumani TXAY va KXAY oralig‘idagi ichimlik suv quvurlarini ko‘chirib o‘tkazish ishlari olib borilishi munosabati bilan bir necha manzilgohlarda vaqtincha suv ta’minotida uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ ma’lum qildi.

Suv ta’minotisiz qoladigan hududlar:

Sergeli tumani bo‘yicha:

- “Oltin vodiy” MFY;
- “Qumariq” MFY;
- “No‘g‘oyqo‘rg‘on” MFY;
- “Junariq” MFY;
- “Yuqori Darxon” MFY;
- “Yangidarxon” MFY;
- 3-Aeroport; 
- Sergeli dehqon bozori;
- Sergeli mashina bozori.

Yangixayot tumani bo‘yicha:

- “Yangi Choshtepa” MFY;
- “Sofdil” MFY;
- “Al-Farg‘oniy” MFY;
-“Viqor” MFY;
- “Choshtepa” MFY;
- “Yo‘ldosh” MFY.

Chilonzor tumani bo‘yicha:

- “Gavhar” MFY;
- “Katta Do‘mbirobod” MFY;
- “Katta Chilonzor-1” MFY;
- “Katta Chilonzor-2” MFY;
- “Katta Chilonzor” MFY;
- “Naqqoshlik” MFY.

Yakkasaroy tumani bo‘yicha:

- “Yakkasaroy” MFY;
- “Meros” MFY; 
- “Muqimiy” MFY;
- “To‘qimachi” MFY; 
- “Dilbuloq” MFY;
- “Muhandislar” MFY;

Shu jumladan “Musaffo obi hayot” MCHJ xizmat ko‘rsatadigan ayrim hududlarda ham ichimlik suvi ta’minotida vaqtincha uzilishlar yuzaga kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

suv

Baholaganlar

350

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing