Toshkentning 2 tumani aholisi “svet”siz qoldi
Jamiyat
−
10 aprel 2023
7862Bugun, 10 aprel kuni poytaxt Toshkentning Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi ayrim hududlar elektr energiyasidan uzildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” xabar berdi.
Keltirilishicha, bunga yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik sabab bo‘lgan.
Jumladan, Yunusobod tumanining “Obod”, “Bog‘i bo‘ston”, “Firdavsiy”, “Bodomzor”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Posira”, “TashGRES”, “Yangi Tarnov”, “Buyuk turon”, “Bo‘zsuv”, “Shayx Shivli”, “Otchopar-1” va “Otchopar-2“ mahallalari hamda Toshkent hayvonot bog‘i;
Mirzo Ulug‘bek tumanining “Darxon”, “Salar bo‘yi”, “H.Olimjon”, “Mustaqillik”, “Oqqo‘rg‘on” hamda “Qori Niyozov” MFYlari hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110/35/10 kV bo‘lgan “Astronomicheskaya”, “Ikarus”, “Karamurskaya”, “Savdo” hamda “Botanika” podstansiyalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “TashGRES”dan chiquvchi kuchlanishi 110 kilovatt bo‘lgan havo elektr uzatish tarmog‘ida favqulodda avariya holatida elektr ta’minotida uzilish sodir bo‘lgan.
Ayni vaqtda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filialining tezkor chiqish brigadalari zarur elektr qurilmalar hamda maxsus avtotransport vositalari bilan mazkur nosozlikni bartaraf etishga jalb etilgan.
“Tez orada mazkur nosozlik to‘liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘liq tiklanadi. Yuzaga kelgan favqulodda avariyali uzilish vaqtida keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi