Toshkentning 14 ta hududida Yangi yil tantanalari start oldi

Jamiyat

−

image

2020 yilni qarshi olishimizga sanoqli kunlar qoldi. Toshkent shahar hokimiyati poytaxtning 14 ta hududida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, joriy yilning 22 dekabridan 2020 yilning 8 yanvarigacha Toshkentdagi 14 ta joyda Yangi yil bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Bular: 

•    Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda “Hayatt Regency” mehmonxonasining oldi maydonida;

•    Shayxontohur tumanidagi “Anhor Lokomativ” bog‘ida;

•    Shayxontohur tumanidagi “Navro‘z” bog‘ida;

•    Chilonzor tumani Algoritm dahasidagi “Roison Electronics” korxonasi old maydonida;

•    Yakkasaroy tumanidagi Pushkin maydonida;

•    Bektemir tumanidagi Madaniyat va aholi dam olish markazining old tomonida;

•    Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Bobur nomidagi “Eko-bog‘” hududida;

•    Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Central park” hududida;

•    Sergeli tumanidagi “Green park” hududida;

•    Uchtepa tumanidagi “Farhod” dehqon bozorining Kichik xalqa yo‘lidagi turargohi hududida;

•    Yunusobod tumanidagi Toshkent hayvonot bog‘i old maydonida;

•    Yashnobod tumanidagi “Ashxobod” madaniyat va istirohat bog‘i hududida;

•    Yashnobod tumanidagi Mudofaa vazirligining Ma’naviyat va ma’rifat markazida;

•    Chilonzor tumanidagi “Humo arena” muz saroyining old maydonida.


Maqola muallifi

Baholaganlar

86

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing