Toshkentda bozorga borish shart emas. Bozorning o‘zi mahallangizga keladi

Jamiyat

−

image

Bugun, 12 aprel kuni Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan poytaxtdagi 100 dan ortiq mahallalarda  istiqomat qiluvchi aholi uchun kundalik muhim hisoblangan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilmoqda. 

Ko‘chma savdo rastalari poytaxtning quyidagi mahallarida tashkil etiladi: 

  • Bektemir tumanining “Mirishkor”, “Binokor”, Zilola, Husayn Boyqaro;
  • Mirobod tumanining A.Fitrat, "Ming o‘rik", "Inoqobod", "Yangi Qo‘yliq"; 
  • Yunusobod tumanining Hasanboy, “Tiklanish”, “Beg‘ubor”, Sevinch, “Matonat”, “Adolat”, “Qadrdon”, “Bog‘i bo‘ston”;
  • Sergeli tumanining "Mehrigiyo", "Madadkor", "Yuqori Darxon", "Pastdarxon", "Humo", "Yo‘ldosh", "Yorqin hayot", "Chorbog‘", "Navqiron", Nilufar, "Madaniyat", "Uchuvchilar";
  • Chilonzor tumanining "Beshqo‘rg‘on", "Chilonzor", "Nafosat" va "Naqqoshlik"; 
  • Shayxontohur tumanining “Beltepa”, “Yangi Beltepa”, “Katta hovuz”, Koxota, Ibn Sino, “Yangi shahar”, “Sarxumdon”, “Ilg‘or”, “Tinchlik”, Suzuk ota, “Kamolon”;
  • Yashnobod tumanining Shohsanam, “Katta Yangiobod”, “Uysozlar”,“Asalobod”, “Besh bola”, “Semurg‘”, ️“Istiqlol” mahallalarida arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi tashkil etilmoqda.

Maqola muallifi

Baholaganlar

132

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing