Toshkentda nimalarning faoliyati to‘xtatilmaydi?
Bu qiziq
−
22 mart 2020
22104Toshkent shahrida koronavirus tarqalishining oldini olish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar, jumladan, jamoat transporti harakatining to‘xtatilishi aholi orasida boshqa turli mish-mishlar avj olishiga sabab bo‘lmoqda.
Shu bois Toshkent shahar hokimiyati aholining kundalik ehtiyoji inobatga olingan holda quyidagilarning faoliyati to‘xtatilmasligini ma’lum qildi:
• dehqon bozorlari;
• supermarketlar;
• oziq-ovqat do‘konlari;
• shifoxonalar;
• poliklinikalar;
• dorixonalar;
• turli taomlarni yetkazib berish xizmati. Ular avvalgi tartibda ishlashni davom ettiradi.
“Aholimizdan koronavirusning keng tarqalmasligini oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ularning salomatligi va xavfsizligi uchun ekanligini tushunishlarini, o‘zlari va yaqinlarini ehtiyot qilishlarini, shifokorlar tavsiyalariga to‘liq amal qilishlarini iltimos qilamiz”, deyiladi hokimlik xabarida.
Eslatib ўтамиз, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 43 nafarga yetdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi