Toshkentliklarga yetadigan 3 oylik zaxira mavjud, benzin narxi oshmaydi – poytaxt hokimligi
Jamiyat
−
22 mart 2020
7390Toshkentda jamoat transportlarining harakati to‘xtatilishi va barcha korxona va muassasalarga (mulkchilik shaklidan kat’i nazar) asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda ishchi va xodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta’tiliga chiqarish, qolgan ishchilarning faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etilishi ortidan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchalari faoliyati to‘xtatilishi va narxlar oshishi haqida gap so‘zlar tarqaldi. Toshkent shahar hokimligi internetda tarqalgan va shahar aholisida vahima uyg‘onishiga sabab bo‘lgan ushbu gap-so‘zlarga rasmiy izoh berdi.
“Shahrimiz fuqarolarining avtomobil yoqilg‘isi narxlari va ta’minoti bo‘yicha hech qanday xavotiriga o‘rin yo‘q.
Yoqilg‘i ta’minoti omborlarida Toshkent shahri ehtiyojining uch oylik miqdori hajmida zaxiralar mavjud bo‘lib, benzin va dizel yoqilg‘isi narxlari oshirilmaydi.
Karantin muddati davomida avtomobil yoqilg‘i quyish shaxobchalarining uzluksiz ishlashi ta’minlanadi”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Eslatib ўтамиз, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 43 nafarga yetdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi