Benzin hajmi ikki karra oshiriladi
Jamiyat
−
10 dekabr
8702Avvalroq, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (gaz “zapravkalar”) faoliyatiga qisqa muddatli cheklov kiritilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekistonda gaz zapravkalar faoliyatiga kiritilayotgan qisqa muddatli cheklov munosabati bilan birjaga chiqarilayotgan benzin hajmi vaqtinchalik ikki karra oshiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Vazirlikka ko‘ra, buning uchun barcha hududlarda zarur miqdorda zaxiralar yaratilgan. Iste’molchilarning avtobenzinga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish masalasi davlat nazoratiga olingan. Joriy kuz-qish mavsumida mamlakat aholisini avtobenzin bilan zarur miqdorda hamda uzluksiz ta’minlash yuzasidan barcha zaruriy choralar ko‘rilgan.
“Shu o‘rinda xususiy avtozapravkalar egalaridan narxlarni sun’iy ravishda oshirmasliklarini, avtobenzinni sifat va miqdor jihatidan to‘g‘ri sotishlarini so‘raymiz”, deyilgan xabarda.
Xabarga ko‘ra, hozirgi vaqtda ishchi guruhlar tomonidan joylarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Narxlarning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
LiveBarchasi