Energetika tizimiga yangi vazir tayinlandi

Jamiyat

image

Sherzod Xikmatullayevich Xo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda bugun, 27 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni imzolandi.

Sherzod Xodjayev sobiq Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning o‘rniga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Qayd etilishicha, bundan ilgariroq Xo‘jayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan.

Ma’lumot uchun, Sherzod Xo‘jayev 1998−2001 yillarda Energetika va elektrlashtirish vazirligida dasturchi-muhandis sifatida ishlagan. 2004 yildan 2010 yilgacha “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasida turli lavozimlarda ishlagan, 2017 yilgacha kompaniya direktori o‘rinbosari, 2018 yilgacha kompaniya direktori vazifasini bajargan.

Xo‘jayev 2019−2023 yillarda Energetika vazirining o‘rinbosari, 2023 yilda vazirlik huzuridagi elektr energetikasi tarmog‘ini isloh qilish bo‘yicha loyiha ofisi direktori bo‘lib ishlagan. 

Qayd etish joiz, Sherzod Xo‘jayev O‘zbekistonda kuzatilgan anomal sovuq sharoitida elektr bilan bog‘liq muammolar sabab, faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Energetika vaziri o‘rinbosari lavozimidan ishdan olingandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jo‘rabek Tursunpo‘latovich Mirzamahmudov O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgandi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing