Benzin hajmi to‘rt karra oshirildi
Jamiyat
−
15:12
5778Sovuq havo oqimi tufayli ayrim hududlardagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (gaz “zapravkalar”) faoliyatiga kiritilayotgan qisqa muddatli cheklov munosabati bilan birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi to‘rt barobar oshirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024 yil 6 dekabr kuniga qadar birja savdolariga chiqarilayotgan AI-80 rusumidagi avtobenzin hajmi 2000 tonnani tashkil etgan bo‘lsa, ushbu miqdorlar 10 dekabr kunidan boshlab o‘rtacha to‘rt barobar oshirilib, hozirgi vaqtda 8000 tonnadan qo‘yib borilmoqda.
Bundan tashqari, AI-92 rusumli avtobenzinni birja savdolarida sotish hajmi ham oshirilib, kunlik 4000 tonnaga yetkazilgan. 13 dekabr kuni ham yana 8000 tonna AI-80 markasidagi avtobenzin birja savdolariga qo‘yilgan bo‘lib, uning 7780 tonnasi xaridorlar tomonidan sotib olingan.
“Birja savdolariga joylashtirilayotgan avtobenzin hajmini talab va taklifdan kelib chiqib, yanada oshirish imkoniyati mavjud”, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda gaz zapravkalar faoliyatiga kiritilayotgan qisqa muddatli cheklov munosabati bilan birjaga chiqarilayotgan benzin hajmi vaqtinchalik ikki karra oshirilgandi.
LiveBarchasi