Toshkent shahar hokimiyati xodimlarni ta’tilga chiqarishni tavsiya etyapti
Jamiyat
−
22 mart 2020
10366Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 21 martdagi qaroriga binoan bugun, 22 martdan e’tiboran Toshkent shahrida jamoat transportlari faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan edi. Mazkur qaror ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab bahs-munozaralarni keltirib chiqardi. Toshkent shahar hokimligi esa ushbu qarorni qabul qilishda ish haftasi 24 mart kunidan boshlanishini inobatga olingani, xodimlarning kelish-ketishini tashkil etish uchun yetarli vaqt berilganini aytib chiqdi. Hokimlikning navbatdagi bayonotida shunday deyiladi:
“Aholi orasida koronavirus tarqalishining xavfini kamaytirish maqsadida shahrimizda jamoat transportining harakati vaqtincha to‘xtatildi.
Jamoat transportining faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorning 21 mart kuni qabul qilininishida ish haftasini 24 mart kunidan boshlanishi inobatga olingan. Aynan shu vaqt oralig‘ida tashkilot va muassasalar rahbarlari vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, xodimlarini ishxonalarga kelish-ketishini tashkil etish bo‘yicha masalalarni hal etishiga imkoniyat yaratildi.
Mabodo tashkilotlar tomonidan xodimlarini ish joylariga keltirish va uyiga qaytarish bo‘yicha transport logistikasida muammolar paydo bo‘lsa, ishni xodimning uyidan masofaviy tashkil etish yoki xodimlarni ta’tilga chiqarish masalasini ko‘rib chiqish tavsiya etiladi”.
Eslatib ўтамиз, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 43 nafarga yetdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor