Toshkentliklarning ko‘pi erkin bo‘lib ketgan, o‘qimaydi — Shermatov
Jamiyat
−
22 may 2021
9096“Toshkent 5 tashabbus harakati” doirasida Yoshlar bilan ochiq muloqotda qatnashgan Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ta’lim bo‘yicha konkurslar va ularda toshkentliklarning ishtiroki masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.
“Toshkentliklar mendan xafa bo‘lmasin. Konkurslarda toshkentliklar yutmayapti, hammasi hududlardan yutyapti. Chunki toshkentliklarning ko‘pi erkin bo‘lib ketgan. Hamma sharoiti bor, o‘zining ustida ishlamaydi, o‘qimaydi. Uyida “vay-fay”i, plansheti, telefoni, noutbuki bor, lekin o‘qimaydi, harakat qilmaydi”, deydi Xalq ta’limi vaziri.
Shermatovning ta’kidlashicha, “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali Respublika bo‘yicha 24 nafar maktab o‘qituvchisi chet elda malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ular ham, asosan, hududlardan, toshkentlik o‘qituvchilar emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu festival uchun 1 mlrd so‘m ajratilgani va ushbu mablag‘ oshib borishi mumkinligini aytgandi.
LiveBarchasi